Kichkina masshtabli botlar uchun optimal bot shablon
Vaqtinchalik va doimiy ma'lumotlarni saqlash storage/StorageManager menejeri orqali amalga oshiriladi. Bu menejer barcha hendlerlarga biriktirilgan bo'lib, har bir hendlerni ichida $this->storage kabi ishlatsa bo'ladi. Ma'lumotlar storage/files/storage.txt faylida saqlanadi.
Apdeytlarni boshqarish uchun handlers/User papkasidagi user_handler.php fayliga kerakli funksiyani yozish kerak. Batafsil user_handler.php faylida yozilgan.
Global yordamchi funksiyalarni config/helpers.php fayliga yozish mumkin
- Obyektga yo'naltirilgan
- Tezkor ishlash
- Maxsus ma'lumotlar boshqaruv menejeri (StorageManager)
- Boshlang'ich shablon
- Ichki qurilgan regex
- va boshqalar
Namuna kodlarni ko'rish uchun handlers/User/user_handler.php faylini ko'ring. start hamda inline metodi handlers/User/MessageHandler hendlerga tegishli bo'lsa, data metodi handlers/User/CallbackQueryHandler hendlerga tegishli.


